Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Garbiel Turkiyaga Rajab Toyyib Erdo‘g‘on prezidentlik qilar ekan, u Yevropa Ittifoqi a’zosiga aylana olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Bu biz ularni xohlamayotganimizni anglatmaydi, biroq turk hukumati Erdo‘g‘on davrida Yevropa taklif qilayotgan narsaning qarama-qarshi tomoniga tez odimlamoqda… Turkiya hozirgi ahvolida Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘la olmasligi mutloq ayon”, — dedi Zigmar Garbiel.
Avvalroq, Erdo‘g‘on saylovlarda Germaniya kansleri Angela Merkelga do‘st bo‘lgan partiyalar uchun ovoz bermaslikka chaqirib, ularni “Turkiya dushmanlari” deya atagan edi.
Zigmar Gabriel Turkiya prezidentining ushbu so‘zlarini boshqa davlat suverenitetiga aralashishning yorqin misoli deya atagandi.
Izoh (0)