AQShning Janubiy Karolina shtatidagi Charlston shahrida sodir bo‘lgan noxush hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS”ga tayanib, “Vesti.ru” xabar berdi.
24-avgust, kunning o‘rtalarida shahar markazidagi restoran zaliga bir erkak bostirib kirib, o‘t ocha boshlagan. Restoranga tashrif buyurganlar garovga olingan.
Ushbu jinoyat oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar hujum uyushtirgan shaxsga jarohat yetkazgan va bir necha garovdagilarni ozod etgan. Amerika OAVning xabar berishicha, otishmani avvallari ushbu restoranda ishlab, haydalib ketgan xodim sodir etgan.
Izoh (0)