Prezidentning 14-avgustdagi PQ-3204-son “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi, deb yozadi Norma.
Iqtisodiyot vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga vazirning makroiqtisodiy siyosat, bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish masalalari va xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritildi.
Vazirlikda yig‘ma investitsiya dasturlari va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Avval mavjud bo‘lgan makroiqtisodiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha vazirning o‘rinbosari lavozimi tugatildi.
Izoh (0)