• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sud organlari faoliyatini moddiy ta’minlash yuzasidan Prezident qarori imzolandi

    O‘zbekiston Prezidenti “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matnini “O‘zbekiston 24” e’lon qildi.

    Foto: “O‘zbekiston 24”

    Foto: “O‘zbekiston 24”

    Sud hokimiyatining mustaqilligini yanada ta’minlash, sudlar, adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash, ular faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

    1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligining Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda uning Ijro etuvchi direksiyasini tugatib, quyidagilarni tashkil etish bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin:

    Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi;

    budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi.

    2. Belgilansinki, quyidagilar Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

    jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha davlat bojlari to‘lashdan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 16 foizi miqdoridagi ajratmalar;

    jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha jarimalar to‘lashdan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 16 foizi miqdoridagi ajratmalar;

    ijro ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilgan summadan 24 foiz miqdoridagi ajratmalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno;

    vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

    qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.

    3. Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

    4. Belgilab qo‘yilsinki, Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi boshqaradigan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuv kengashi (keyingi o‘rinlarda – Kuzatuv kengashi) tomonidan amalga oshiriladi.

    Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda – Departament) direktori va O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz) direktori kiradi.

    5. 2017-yilning 1-sentabridan boshlab malaka darajalari, martaba darajalari va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun sudyalar hamda sudlar va Departament xodimlari lavozim maoshlariga ustama va har oylik qo‘shimcha haq to‘lash, sudlar va Departamentning yordamchi xodimlarini ta’minlash, sudyalar hamda sudlar, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Markaz xodimlari tomonidan belgilangan tartibda uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish), sudlar, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Markaz binolari va xonalarini qurish va ta’mirlash xarajatlari, sudlar, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Markaz xodimlarining xizmat safari xarajatlari, shuningdek sudlar, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Markazning kommunal-foydalanish hamda boshqa joriy xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.

    6. Belgilansinki, quyidagilar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

    FHDYo organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 16 foiz, notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan esa 8 foiz miqdoridagi ajratmalar;

    adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, advokatlik byurolarini, firmalarini, hay’atlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy fuqarolar bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkiloti, uning ramzi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning va nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlarining dublikatini berganlik uchun, akkreditatsiya kartochkasi dublikatini berganlik uchun, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik uchun undiriladigan mablag‘larning, shuningdek adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;

    vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

    qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.

    7. Belgilansinki, budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari:

    adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik ta’minotiga;

    adliya organlari va muassasalarini bino, uskunalarini qurish va ta’mirlashga;

    adliya organlari va muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga va ijtimoiy muhofaza qilishga (adliya organlari xodimlari uchun uy-joy qurish, sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat ko‘rsatish, mukofotlar to‘lash, maoshlarga ustamalar belgilash, moddiy yordam ko‘rsatish va hokazo);

    adliya organlari va muassasalari xodimlarini xizmat safar xarajatlariga, shu jumladan horijiy davlatlardagi xizmat safarlariga;

    uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan adliya organlari xodimlariga uy-joy sotib olish uchun besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga va eng kam ish hakining ming barobaridan oshmagan miqdorda foizsiz qarz ajratishga;

    adliya organlari va muassasalari xodimlariga martaba darajalari hamda uzoq muddatli xizmati uchun ustamalar va qo‘shimcha haq to‘lashga;

    belgilangan tartibda adliya organlari va muassasalari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun to‘lovlarni kompensatsiya qilishga;

    adliya organlari va muassasalari xodimlarini o‘qitish, malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashiga, shu jumladan, ularning xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil etishga va chet davlatlarda o‘tkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishiga;

    adliya organlari va muassasalari faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etishga;

    adliya organlarining kommunal-foydalanish hamda boshqa joriy xarajatlariga;

    notarius tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni va tegishli xarajatlarni qoplashga;

    O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini yuritish, texnik jihatdan saqlab turish va modernizatsiya qilishni moliyalashtirishga;

    adliya organlarining yordamchi xodimlari ta’minotiga;

    adliya organlari va muassasalari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarga yo‘naltiriladi.

    8. Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasining faoliyati tugatilganligi bois uning 2 shtat birligini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va 2 shtat birligini Departamentga ajratish va ularning tegishincha budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiva Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan saqlanishi ta’minlansin.

    9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari qoldig‘ini, shu jumladan, kreditorlik va debitorlik qarzdorligini Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi va budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida hamda tugatilayotgan Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasini mulkini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Departament o‘rtasida taqsimlanishini ta’minlasin;

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda tugatilayotgan Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining hisobidan sudyalar, sud va Departament xodimlariga o‘tgan davr uchun to‘lanmagan malaka darajalari, martaba darajalari hamda uzoq muddatli xizmati uchun ustamalar va qo‘shimcha haqlarni to‘lanishini ta’minlasin;

    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.

    10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

    11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Oliy sudi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

    Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

    12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B.Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Q.Davletov zimmalariga yuklansin.

    24.08.2017, 13:13   Izoh (0)   11399
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Samarqanddagi Islom Karimov maqbarasini pardozlash ishlarida hind ustalari qatnashmoqda

    24.08.2017, 12:21

    Viktor Chub O‘zgidromet bosh direktori lavozimidan ozod etildi

    24.08.2017, 11:54

    Foto: Samarqanddagi Islom Karimov haykali 2-sentabrga qadar ochiladi

    24.08.2017, 11:32

    O‘zbekiston Senatining 11-yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

    24.08.2017, 11:18

    Nima deb o‘ylaysiz? Ushbu san’atkorlarning mashhur bo’lish siri nimada? Ular shu darajaga qanday va kim sabab erishgan?

    24.08.2017, 10:02

    Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov: Nima uchun o‘qituvchi o‘z huquqlarini o‘zi himoya qilmaydi? (video)

    23.08.2017, 23:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xiaomi suv ostida ishlaydigan va smartfonga ulanmay musiqa eshitish mumkin bo‘lgan quloqchinlarni taqdim etdi

    Gadjetlar | 21 iyul, 10:58

    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

    Reklama | 21 iyul, 10:33

    “Liverpul” qay holatda Rodrigoni sotib olishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 21 iyul, 10:30

    Toshkentdagi omborxonadan perekis vodorod moddasi havoga sizib chiqdi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 10:22

    Isroil G‘azo sektorini “bosib olish” bo‘yicha yangi reja tayyorladi

    Dunyo | 21 iyul, 09:55

    Ukraina “Gazprom”dan 6,9 mlrd dollar undirmoqchi

    Dunyo | 21 iyul, 09:20

    Tramp yozgi ta’tilini qayerda o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyul, 08:58

    Toshkent viloyatining ikki tumanida noqonuniy diniy ta’lim tashkil etganlar jazolandi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 08:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.