Yerga NASA sayyora atrofi xavfli obyektlari kuzatuvlarini boshlanganidan buyon eng yirik asteroid yaqinlashmoqda. Kuzatuvlar 1980-yillar oxirida boshlangan edi. Bu haqda NASA’ning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
(3122) Florens obyekti 2017-yil 1-sentabrda sayyoradan minimal uzoqlikdan o‘tib ketadi (7 million kilometr yoki Yer va Oy orasidagi masofadan 18 barobar).
Asteroidning diametri 5 kilometrga yetadi.
“Ko‘plab asteroidlar 1-sentabr kuni Yerga Florensdan yaqinroq kelgan, lekin ular kichikroq edi”, — dedi NASA yer atrofi obyektlari tadqiqotlari markazi vakili Pol Xodas.
Izoh (0)