Kanada janubida joylashgan ferma egalari polizdan nafaqat sabzi yig‘ib oldi, balki 84 yoshli qarindoshining 13 yil avval ish vaqtida yo‘qolgan uzugini ham topib oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Meri Gres 2004-yilda Kanada janubidagi oilaviy fermaning bog‘ida ishlayotgan vaqtda uzugini yo‘qotib qo‘ygan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u eriga uzukni yo‘qotib qo‘yganini ayta olmagan va tezda boshqa uzuk olgan.
Ayolning kelini uzukni topib olgach hayratga tushgan va u erining buvisi yoki onasiniki ekanligini tushungan. Chunki fermada ulardan boshqa ayol yashamagan.
Xabar berilishicha, uzukning egasi uni taqishni rejalashtirmoqda, chunki uzuk hali ham uning barmoqlariga mos kelmoqda.
Izoh (0)