Melburn (Avstraliya) dunyoning yashash uchun eng qulay shahri deb topildi. The Economist e’lon qilgan tadqiqot natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “RBK”.
Melburn tuzuvchilari dunyoning 140 shahrida barqarorlik, sog‘liqni saqlash, madaniyat, atrof-muhit, ta’lim va infrastrukturani baholovchi yillik reytingda 100 dan 97,5 ball to‘pladi.
Ro‘yxatning keyingi qatorida Vena (Avstriya), uchinchi o‘rindi esa Vankuver (Kanada) qayd etildi.
Suriya poytaxti Damashq yashash uchun eng nobop shahar deb topildi va reytingdagi so‘nggi, 140-o‘rinni egalladi.
Lagos (Nigeriya) va Tripoli (Liviya) shaharlari ham ro‘yxat oxiridan joy oldi.
Izoh (0)