Qozog‘istonning Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan harbiy maqsaddagi qurilma ortilgan “Proton-M” raketasi uchirildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Rossiya mudofaa vazirligi uchun xizmat qiluvchi koinot qurilmasi yuklangan og‘ir toifadagi ‘Proton-M’ raketasi muvaffaqiyatli parvoz qildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Parvozoldi operatsiyalari va tashuvchi raketaning uchirilishi belgilangan tartibda o‘tdi. Quruqlikdagi avtomatlashtirilgan boshqaruv komplekslari “Proton-M” uchirilishi va parvozini nazorat qilib bordi.
Izoh (0)