AQSh prezidenti Donald Twitter’dagi sahifasida KXDR rahbari Kim Chen Inning Guamdagi AQSh obyektlariga raketa uchirmaslik qaroriga baho berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Shimoliy Koreyadan Kim Chen In juda aqlli va bosiq qaror qabul qildi. Buning muqobili fojiali bo‘lishi mumkin edi!” — deb yozdi Tramp.
Ilgariroq OAVda Kim Chen In Guamga raketa uchirish fikridan qaytgani bildirilgan edi. Shunga qaramay, Shimoliy Koreya yetakchisi AQShni KXDRga qarshi tajovuzkor harakatlar qilishdan tiyilishga chaqirdi.
Izoh (0)