Hindiston sharqidagi Bihar shtatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 9,6 million kishi jabrlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Suv toshqinlari ketma-ket uch kun davomida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuz bergan. Patna shahridan shimol va sharqda joylashgan ko‘plab hududlar suv ostida qolgan.
Tabiiy ofat shtatning 12 tumanini qamrab olgan va suv toshqinlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashib bormoqda. Hodisa oqibatida 91 kishi halok bo‘lgan, qutqaruvchilar minglab odamlarni xavfsiz hududga ko‘chirgan.
Mahalliy ma’muriyat jabrlanuvchilar uchun muvaqqat boshpanalar tashkil etgan, tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarga oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni yetkazish uchun ikkita vertolyot jalb etilgan.
Izoh (0)