Afg‘onistondagi Faryob viloyatining Davlatobod tumanida yuz bergan minomyot otishmasida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, ularning 10 nafari bolalar. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabar berilishicha, xavfsizlik kuchlari tuman hududida nazorat-o‘tkazish punktini o‘rnatgan, biroq “Tolibon” jangarilari ularga xalaqit berishga uringan.
Natijada qurolli to‘qnashuv boshlangan. Biroq odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan snaryadni kim otgani noma’lum.
Mahalliy rasmiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar tinch aholi vakillari bo‘lgan. Shuningdek, otishma oqibatida uch nafar yosh bola va bitta ayol jarohat olgan, ular kasalxonaga joylashtirilgan.
Izoh (0)