• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ming yillik boy: butun dunyo oltiniga kim egalik qilgan?

    Oxirgi ming yillikda dunyoning eng badavlat odami kim bo‘lgan? Rokfeller, Rotshild, Geyts, Baffett, Sukerberg, Abramovich — bu odamlarning barchasi shubhasiz hayoti davomida ma’lum bir miqdorda boylik to‘plagan. Biroq ularni yetti yuz yil avval Afrikada yashagan o‘ta badavlat odam bilan taqqoslaganda boy deb atash qiyin. Dunyoning deyarli butun oltini unga tegishli bo‘lgan. U Muso I edi, deya hikoya qiladi “Kommersant.ru”.

    Foto: “Kommersant.ru”

    Foto: “Kommersant.ru”

    Muso I ning boyligi miqdorini aniqlash qiyin. Zamonaviy pul bilan taqqoslaganda bu bir necha trillion AQSh dollariga teng bo‘lishi mumkin, biroq u yashab o‘tgan davrda hech qanday dollar, hech qanday AQSh ham bo‘lmagan. Umuman yevropaliklar hali Amerikani kashf etmagan edi. Sivilizatsiya dunyosi asosan O‘rtayer dengizi atrofida edi. Ana shu dunyoning uzoq burchagida bir qo‘lida oltin hassa, bir qo‘lida oltin bo‘lagini tutgan, boshida oltin toji bo‘lgan qora tanli odam taxtda o‘tirgan. 1375-yilgi  “Kataloniya atlasi” muallifi Muso I ni aynan shunday tasvirlagan.

    Bu mansa Musoning surati bizgacha yetib kelgan yagona suratdir.

    Foto: “Kommersant.ru”

    Foto: “Kommersant.ru”

    “Mansa” — qirol, sulton, hukmdor ma’nolarini anglatgan. Muso ismi u islom diniga e’tiqod qilganligini ko‘rsatadi. U Mali imperiyasini boshqargan, uning hududi hozirgi shu nomdagi davlat hududidan ancha katta bo‘lgan.

    Mansa Muso I moliyaviy muvaffaqiyatining tarkibiy qismi oddiy. U zarur vaqtda kerakli joyda bo‘ldi va uni o‘rab turgan dunyo o‘ta muhtoj bo‘lgan tovarni nazorat qildi. Muso 1280-yilda dunyoga keldi, 1312-yilda hokimiyat tepasiga keldi va uni o‘limiga qadar, 1337-yilgacha boshqardi.

    Muhim savdo yo‘nalishlari uning imperiyasi hududidan o‘tgan. Shimoldan janubga tuz olib o‘tilgan, janubdan shimolga esa — oltin. Oltin imperiya hududida ham qazib olingan.

    Arab geografi Ibn al-Faqih bu o‘lkalarda oltin “xuddi sabzi kabi tuproqda o‘sishi va uni tongda terib olishlari” haqida yozgan.

    Barcha sof holda topilgan oltin bo‘laklari sultonga tegishli ekanligi haqidagi qoida mavjud bo‘lgan, uning fuqarolari faqat oltin qumlariga egalik qilishi mumkin bo‘lgan. Bundan tashqari, savdogarlardan boj olingan. Tuz ortilgan har bir eshak uchun mamlakatga kirishda 1 oltin dinor, chiqishda 2 dinor to‘lashi kerak bo‘lgan. Mis olib kirishda bir eshakdan 5 dinor, hashamat buyumlaridan esa 10 dinor olingan. Tuz oltinga almashtirish uchun olib ketilganligi sababli undan ham boj olingan.

    Oltin Saxara cho‘li orqali Marokash va Misrga, u yerdan O‘rtayer dengizining narigi tomoni, Yevropaga o‘tgan. Mansa Musoning boshqaruv davri Yevropa o‘rta asrlar tarixining eng farovon davri, kuchli iqtisodiy o‘sish davriga to‘g‘ri keldi.

    Muso dunyoga kelgandan oz vaqt o‘tib yevropalik savdogarlar ilg‘or texnika — kompas strelkasini qo‘lga kiritdi. Geografik xaritalarning sifati ham yaxshilandi. Buning natijasida Venetsiya va Aleksandriyadan (Misr) savdo kemalari maydan sentabrga qadar emas, yil davomida qatnay boshladi. Reyslar soni ikki barobar oshdi, Yevropa va Afrika o‘rtasidagi savdo aylanmasi ham tegishli tarzda oshdi.

    XIII asr oxirida Yevropada uzoq tanaffusdan so‘ng oltin tangalar zarb qilina boshlandi. Biroq tanga zarb qilish uchun metall zarur edi. Yevropada oltin faqat Vengriyada qazib olinar edi va u shiddat bilan o‘sayotgan iqtisodiyot uchun kamlik qilardi. Nafaqat tangalar uchun. Oltin taqinchoqlar, badavlat xonadonlar, saroy va cherkovlar interyerlarini bezatish uchun sarflanar edi. Oltinni yana qayerdan olish mumkin edi?

    Foto: “Kommersant.ru”

    Foto: “Kommersant.ru”

    Albatta Afrikadan. Turli baholashlarga ko‘ra, Yevropa talabining yarmidan to‘rtdan uch qismigachasini Afrika qit’asi qanoatlantirgan. Aniqrog‘i, Muso I.

    Sulton Muso I aholisi 100 ming kishiga yaqin bo‘lgan imperiyasining poytaxti Niani shahridagi saroyida taxtda o‘tirgan. Uning yon-atrofi oltinga burkangan edi. Masalan, qo‘riqchilar safidagi qullar g‘aroyib qurollar: tilla suvi yuritilgan shamshirlar, oltin va kumushdan yasalgan o‘qdon va nayzalar taqib yurgan.

    Sulton xazinasi oltin bilan to‘lib-toshgan, jumladan, unda vazni 900 kilogrammga yaqin bo‘lgan noyob oltin bo‘lagi saqlangan.

    Imperiya aholisi hukmdoriga xudoga qaragandek qaragan — hayot va o‘lim, sog‘lik va xastalik unga bog‘liq deb o‘ylagan. Oltin bo‘laklari oltin qumda bo‘lmagan sehrli xislatlarga ega bo‘lganligi uchun ularni mansaga berish kerak bo‘lgan. Sulton huzurida aksirish mumkin bo‘lmagan.U taom tanovvul qilayotganini hatto uning xotinlari ham ko‘rishi mumkin bo‘lmagan.

    Biroq dunyoning qolgan qismi Muso I ning buyukligi haqida ham, uning boyligi haqida ham hech narsa bilmagan. Vaziyatni tarixiy voqea o‘zgartirgan. Muso hajga borishga qaror qilgan. U hijriy 724-yilda yo‘lga chiqqan. Sayohat ikki yil davom etgan.

    Foto: “Kommersant.ru”

    Foto: “Kommersant.ru”

    60 minggacha odam unga hamrohlik qilgan, 80 ta tuyaning har biri taxminan 130 kilogrammdan, jami o‘n tonna oltin qumini olib yurgan. Muso I har to‘xtashda o‘z eskortini eng yaxshi taomlar bilan ovqatlantirgan, mahalliy aholiga xayr-ehson tarqatgan. Makka yo‘lidagi asosiy to‘xtash joyi Misr bo‘lgan. Muso I va uning hamrohlari ehromlarda uch kun o‘tkazgan. Qohirada mahalliy savdogarlar afrikalik mehmonlar narxlarni bilmasligidan foydalanib, tovarlarni besh karra qimmatga sotgan.

    Foto: “Kommersant.ru”

    Foto: “Kommersant.ru”

    Mansa va uning odamlari Misr poytaxtida shunchalik ko‘p oltin sarflaganki, oltin dinorning kumush dirhamga almashtirish kursini, turli manbalarga ko‘ra, 10—25 foizga tushurib yuborgan.

    Mali imperiyasi hukmdori Misrning mamluk sultoni al-Hasan an-Nosirga 50 ming dinor, ya’ni umumiy vazni 212,5 kilogramm bo‘lgan oltin tangalarni hadya sifatida taqdim etgan. Bu tuhfani 500 nafar qul keltirgan. Biroq ikki sultonning uchrashuvi Muso uchun haj davomidagi, ehtimol butun hayoti davomidagi eng noxush kechinma bo‘lgan.

    Protokolga muvofiq, u Misr hukmdori oldida peshonasini yerga tekkizishi lozim edi. Barcha uning oldida mukka tushishiga o‘rgangan Muso uchun bu holat haqoratli bo‘lgan. Noqulay vaziyatdan mehmon o‘z obro‘sini saqlab qolishini ta’minlagan yechim topilgan. Misr sultoni bilan uchrashuvda Muso I tizzasini bukkan — biroq go‘yoki uning oldida emas, balki Alloh huzurida.

    Bunga javoban Misr hukmdori sulton Muso uchun o‘z saroyini bo‘shatib bergan. Muso Qohirada uch oyni o‘tkazib, shundan keyin ziyoratni davom ettirgan. Muso I ning Makka va Madinada bo‘lgan davri haqida tarixiy hisobotlar qolmagan.

    Muso yo‘l uchun olgan oltinning bir qismini uning yo‘li o‘tgan barcha mamlakatlardan olimlar, o‘qituvchilar, rassomlar, me’morlar va boshqa iqtidorli madaniyat arboblarini Mali imperiyasiga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirish uchun sarflagan.

    Jumladan, Muso I o‘z imperiyasiga andalusiyalik shoir va me’mor Abu Ishoq as-Saheliyni ham taklif qilgan. Uning loyihasi bo‘yicha Timbuktu shahrida Jingereber masjidi qurilgan, u hozirga qadar saqlanib qolgan. Masjid qurilishi uchun Muso 40 ming dinor sarflagani haqidagi mish-mishlar mavjud.

    Foto: “Kommersant.ru”

    Foto: “Kommersant.ru”

    Timbuktudagi uchta madrasadan iborat Sankore universiteti islom dunyosining asosiy ilm-fan markazlaridan biriga aylangan. Universitet kutubxonasi Aleksandriya kutubxonasi zamonidan buyon Afrika qit’asining eng yirik kitoblar jamlanmasi bo‘lgan. Turli manbalarga ko‘ra, unda 400 mingdan 700 minggacha kitob saqlangan.

    Foto: “Kommersant.ru”

    Foto: “Kommersant.ru”

    Muso I ning o‘limidan biroz vaqt o‘tib Yevropaning farovonlik davri ham yakuniga yetgan. 1337-yilda yuz yillik urush boshlangan. 1347-yilda esa Yevropaga vabo yopirilgan, u uch yil davomida qit’a aholisining 40 foizini yo‘q qilgan. O‘z navbatida, ichki mojarolar sababli Mali imperiyasi ham zaiflasha boshlagan. Yevropalik dengiz sayyohlari Amerikani kashf etgandan so‘ng Afrika Yevropaga qimmatbaho metallning asosiy yetkazib beruvchisi maqomini yo‘qotdi.

    Foto: “Kommersant.ru”

    Foto: “Kommersant.ru”

    Malining oltin asri uzoq o‘tmishda qoldi. Zamonaviy Malida hozir ham oltin qazib olinadi, biroq u dunyoning eng qashshoq 30 ta mamlakati guruhiga kiradi. Mingyillikning eng badavlat odami yashagan Niani hozirda Gvineyaning kichkina qishloqchasi.

    Biroq butun dunyo bo‘ylab numizmatika kolleksiyalarida saqlanayotgan oltin tangalar o‘z vaqtida Yevropaning farovonligi Muso I boshqargan Afrika davlatiga bog‘liq bo‘lganligini eslatib turishi mumkin.

    11.08.2017, 15:10   Izoh (0)   89742
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Avstraliya bosh vaziri KXDR hujum uyushtiradigan bo‘lsa, AQShga yordam berishni va’da qildi

    11.08.2017, 14:56

    Xitoy AQShni o‘z suverenitetini va xalqaro huquqlarni qo‘pol ravishda buzishda aybladi

    11.08.2017, 14:26

    BMT: Yamanda salkam yarim million odam vabo bilan kasallangan

    11.08.2017, 13:41

    Filippinda zilzila sabab prezident saroyi evakuatsiya qilindi

    11.08.2017, 13:24

    Xakerlar Venesuelaning 7 million aholisini mobil aloqasiz qoldirdi

    11.08.2017, 12:02

    Tramp Shimoliy Koreyaga preventiv zarba berish imkoniyatini muhokama qilishdan bosh tortdi

    11.08.2017, 11:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qimor o‘yinlarini reklama qilayotgan “Mash’al”, bloklangan “OKMK” va 2 yildan beri tugamaydigan “Qizilqum”—“Metallurg” uchrashuvi — professional klublarimizning no...

    Sport | 10 may, 16:27

    “Yurtimizda haqiqiy iste’dodlar ko‘p, ularga imkoniyat va yo‘l ko‘rsatadigan ustozlar kerak” — Saida Mirziyoyeva

    O‘zbekiston | 10 may, 16:18

    “O‘tgan yili 326 mlrd so‘mlik shartnomalar tuzishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan”—Mehriddin Abdullayev

    O‘zbekiston | 10 may, 16:15

    “Shrek-5” multfilmining syujetini oshkor qildi — voqealar real hayotda yuz beradi

    Madaniyat | 10 may, 15:50

    “Agar AQSH Rossiyaga hujum qilsa, yordamchi qo‘shin yuboramiz” — Kim Chen In

    Dunyo | 10 may, 15:20

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    Dunyo | 10 may, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.