Afg‘onistonning shimoli-g‘arbida “Tolibon” radikal guruhining yetakchilaridan biri, toliblarning oliy kengashi — Kvetta sho‘rosining a’zosi mulla Ahmadshoh o‘ldirildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Xabar qilinishicha, mulla Ahmadshoh Fayzobod uyezdi hududida o‘ldirilgan. Toliblar yetakchisi 6-avgust, yakshanba kuni kechasi Bolo-Mardiyondagi hukumat kuchlari postiga uyushtirilgan hujumda ishtirok etgan va jang davomida politsiya bo‘linmasi tomonidan o‘ldirilgan.
Shuningdek, uch soat davom etgan jangda mulla Ahmadshohdan tashqari “Tolibon”larning besh nafar janggarisi o‘ldirilgan, sakkiz nafari jarohat olgan.
Izoh (0)