Gruziyaning sobiq prezidenti va Ukrainadagi Odessiya viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashviliga to‘rtta jinoiy ish bo‘yicha 11 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi xavf solmoqda. U yaqinda Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgan edi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Saakashviliga qo‘yilgan ayblar orasida bank xodimi Sandro Girgvilianini o‘ldirish, davlat mablag‘larini shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborish, Gruziya parlamenti deputati Valeriy Gelashvilini do‘pposlash va sobiq prezidentni tanqid qilgan “Imedi” telekompaniyasini egallab olish bor.
Avvalroq Saakashvilining hujjatlarsiz Varshavaga yetib kelgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)