KXDR BMT Xavfsizlik kengashining unga nisbatan qo‘llagan yangi sanksiyalarini mamlakat suverenitetining buzilishi deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Bayonotda aytilishicha, Pxenyan AQSh KXDRga nisbatan dushmanlik siyosatini to‘xtatmaguncha o‘zining yadro quroli bo‘yicha muzokaralarni boshlamaydi.
BMT Xavfsizlik kengashi 5-avgustda bir ovozdan KXDRga nisbatan sanksiyalarni qattiqlashtiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Rezolyutsiya KXDRdan bir qator mahsulotlarni eksport qilishga cheklov kiritishni nazarda tutgan.
Izoh (0)