Afg‘oniston shimolidagi Saripul viloyatida 50 dan ortiq kishi IShID terrorchilik tashkiloti va “Tolibon” radikal harakati jangarilari tomonidan otib tashlandi, deb yozadi “TASS” “Sinxua” agentligiga tayanib. U esa o‘z navbatida, mahalliy hukumatga tayanmoqda.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa mahalliy harbiylar jangarilar bilan bir necha kundan buyon janglar olib borayotgan Mirza Olang qishlog‘i yaqinida yuz bergan. Qurbonlarning 20 nafari tinch aholi vakillari bo‘lib, ular orasida ayollar va bolalar ham bor.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)