Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko jangovar MiG-29 qiruvchi samolyotini ikkinchi uchuvchi sifatida boshqardi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Havo qo‘shinlari kuni bilan harbiy uchuvchilarni tabriklash maqsadida Vinnitsa viloyati harbiy aerodromiga MiG-29 samolyotida yetib keldim. Ukrainaning mustaqil osmoni mudofaasida turganlarning bariga munosib harbiy xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman”, — deyiladi Poroshenkoning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan axborotda.
Poroshenko harbiy uchuvchilarni Havo qo‘shinlari kuni bilan tabriklab, harbiy texnika va ularni qayta tiklash maqsadlari uchun 1 milliard grivna (taxminan 38 million dollar)dan ziyod mablag‘ ajratilishini e’lon qildi.
Izoh (0)