Yaman sog‘liqni saqlash vaziri Nosir Baaum mamlakatda vabo epidemiyasidan 1890 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda WAM agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu raqam aprel oyi oxiridan beri Yamanning barcha viloyatlaridagi o‘limga olib kelgan holatlarni o‘z ichiga olgan. Epidemiya ayniqsa Hajja, Sano, Hudayda, Amran, Ibb viloyatlarida keng tarqalgan.
BAA, Saudiya Arabistoni va Kuvayt xayriya tashkilotlarining qo‘llab-quvvatlashi evaziga kasallikning o‘lim holatlarini sezilarli ravishda qisqartirishga erishildi.
Izoh (0)