• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kremniy vodiysi milliarderlari Amerika maktablarini qanday qilib o‘ziga bo‘ysundirmoqda?

    Kremniy vodiysi tadbirkorlari xayriya tashabbuslari ko‘rinishi ostida Amerika ta’lim tizimini isloh qilmoqda. Grant asosida qo‘llab-quvvatlash AKT-yetakchilariga maktablar dars jadvalini o‘zgartirish, pedogogik usullar va bolalarni o‘qitish uslublarini tanlash imkonini bermoqda.

    The New York Times yashirin ta’lim islohoti qanday ishlayotganligini tahlil qildi, deb yozadi ForumDaily.

    Foto: Depositphotos

    Foto: Depositphotos

    So‘nggi yillarda yirik AKT-kompaniyalarining asoschilari AQShning butun hududi bo‘ylab maktab dasturlariga tobora ko‘proq investitsiya kirita boshladi. Biroq amalda xayr-ehson ta’lim tizimini isloh qilishga aylanib ketmoqda va bu jarayon hech kim tomonidan tartibga solinmayapti.

    Kremniy vodiysi tadbirkorlari o‘z investitsiyalari tufayli hech kimga hisob bermay o‘quv muassasalari siyosatini o‘zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘plab ta’lim tashabbuslari yangi usullarning samaradorligini isbotlovchi biror bir ilmiy asossiz AKT-yetakchilarning istagi bilan joriy qilinmoqda.

    Masalan, “Code.org” tashkiloti Amerikaning barcha maktablarida informatika darslarini joriy etish uchun Kremniy vodiysidagi kompaniyadan 60 million dollar jalb qildi. Loyiha nafaqat bitiruvchilarga kelajakda mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishni, qolaversa, kompaniyalarga malakali kadrlarni yetkazib berish orqali tadbirkorlarga ham foyda keltirishni va’da qilmoqda.

    Tashkilot Microsoft ko‘magida ta’lim sohasiga yangi qonunlarni faol kiritib, butun mamlakat bo‘ylab informatika kurslariga homiylik qila boshladi. 120 ta tuman dars jadvallariga o‘zgartirish kiritishga erishildi, 57 ming o‘qituvchi “Code.org” kasbiy tayyorgarligidan o‘tdi.

    Yana bir misol: Salesforce kompaniyasi rahbari Mark Benioff oxirgi o‘n yil davomida San-Fransiskodagi maktablarga 100 million dollar ajratdi va ular bilan ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Ta’lim muassasalari Benioffning kompaniyasiga o‘z istaklari ro‘yxatini taqdim etadi, tadbirkor esa pul ajratib, maktablarni boshqarish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Benioff shaharning davlatga qarashli maktablari uchun o‘ziga xos venchur kapitalistiga aylandi va ularni boshqarish huquqini qo‘lga kiritdi.

    Ba’zan islohotlar kutilmagan oqibatlarni keltirib chiqarmoqda. Netflix rahbari Rid Xestings harakatlari tufayli davlat maktablari matematikani o‘rganish jarayonini o‘yinga aylantiruvchi DreamBox Learning dasturidan foydalana boshladi. Bolalar bu o‘yinga shunchalik ko‘nikib qoldiki, ota-onasidan uyda kechki payt ham uni qo‘yib berishni so‘ray boshladi.

    Mark Sukerbergning dasturi ham keng ommalashmoqda. Facebook asoschisi o‘z kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan o‘z-o‘zini o‘qitish tizimini ilgari surmoqda. Dars davomida o‘quvchilar kompyuterlarda guruh bo‘lib ishlab, mashg‘ulot materialini mustaqil o‘rganmoqda.

    Sukerbergning so‘zlariga qaraganda, bunday yondashuv sinfda startap atmosferasini yaratadi. Joriy yilda ushbu tizimdan allaqachon 100 ta maktab foydalanmoqda, biroq vaqt o‘tishi bilan ularning soni oshishi kutilmoqda. Biroq tizim o‘qituvchilarning barchasiga birdek ma’qul emas. Ularning ba’zilari o‘quvchilar navbatdagi darsga o‘tishga juda shoshilishi va materialni yaxshi o‘zlashtirmasligidan nolimoqda.

    AKT-sanoat vakillarining o‘zi ta’lim tizimiga keskin o‘zgartirishlar kiritmayotganligi, bor-yo‘g‘i umumiy vaziyatni yaxshilayotganligini ta’kidlamoqda. Biroq yangicha usullarni joriy etish bo‘yicha ishlar uzluksiz olib borilmoqda. Yirik kompaniyalar nafaqat regulyatorlar, balki o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalarigacha yetib bormoqda. Kremniy vodiysi vakillari o‘z tashabbuslarini ijtimoiy tarmoqlar orqali ilgari surmoqda, bu esa ularga Amerika maktablariga har qachongidan ham tezroq va samaraliroq ta’sir ko‘rsatish imkonini berayapti.

    Biroq ko‘p holatlarda buning aksi ham yuz bermoqda. Islohotlar bo‘yicha faol choralarga qaramasdan, ota-ona va o‘qituvchilar ularning ortida aynan kim turganligi va ularga qancha pul ajratilayotganligidan bexabar.

    Yashirin islohotning yana bir jihati — bu Kremniy vodiysining Amerika ta’lim sohasining barcha jihatlarini nazorat qilishining oshib borishida. AKT-gigantlar maktablar moliyalashtirilishi va ularning ichki siyosatini boshqarmoqda, o‘qituvchilar uchun kurslarga mablag‘ ajratib, o‘qitish dasturlarini yaratmoqda. Stenford universiteti pedagogika professori Larri Kyubanning fikricha, tadbirkorlar ta’lim islohotida monopolistik yondashuvdan foydalanmoqda.

    O‘quv muassasalari uchun kompyuterlar va dasturiy ta’minotlar sotish Kremniy vodiysi vakillari uchun alohida daromad manbasiga aylandi. 2020-yilga kelib ushbu bozor 21 milliard dollargacha oshishi kutilmoqda. Misol uchun, AQSh boshlang‘ich va o‘rta sinflari o‘quvchilarining yarmidan ortig‘i allaqachon Google servislaridan foydalanmoqda.

    03.08.2017, 14:01   Izoh (0)   9317
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eron ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga haj safariga yubordi

    03.08.2017, 13:20

    Reyting: Eng ko‘p migrantlar istiqomat qiladigan 10 ta mamlakat

    03.08.2017, 13:01

    BAAda 21 ta magnitni yutib yuborgan 2 yoshli bolaning hayotini qutqarib qolishdi

    03.08.2017, 12:59

    Amerikaliklarning Shimoliy Koreyaga safar qilishi taqiqlandi

    03.08.2017, 12:02

    Sindzo Abe Yaponiyaning yangi tashqi ishlar vazirini tayinladi

    03.08.2017, 11:49

    Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’fo berdi

    03.08.2017, 11:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.