Yaponiya hukumati bosh vazir Sindzo Abe vazirlar mahkamasida olib boradigan o‘rin almashtirishlar oldidan, 3-avgust, payshanba kuni to‘liq tarkibda iste’fo berdi, deb yozadi “TASS”.
Hukumatning shoshilinch majlisida uning barcha a’zolari tegishli arizalarni berdi, ularni bosh vazir qabul qilib oldi. Yaqin soatlarda hukumatning yangi tarkibi e’lon qilinishi kutilmoqda.
Hukumatning to‘liq tarkibda iste’foga chiqishi — vazirlar mahkamasida o‘rin almashtirishlarni amalga oshirish uchun zarur jarayon. Iste’fo bergan hukumat kunning ikkinchi yarmiga qadar o‘z majburiyatlarini rasman bajaradi.
Izoh (0)