Qorayib qolgan Niagara sharsharasi sayyohlarni qo‘rqitib yubordi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ommabop tabiiy obyekt suvi to‘q tusga kirib, badbo‘y hid chiqara boshladi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat departamentidagilar ma’lum qilishicha, sharsharalar majmuasiga aylanuvchi Niagara daryosi rangining o‘zgarishi yondosh zavodda oqova suvlarni tozalash tizimidagi nosozliklar bilan bog‘liq. Suvga filtrlovchi havzalardan qattiq zarralar va uglerod qoldiqlari tushib qolgan.
Korxona vakillari ifloslanish oqibatlarini tez orada bartaraf etishga va’da berdi.
Izoh (0)