Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot shahrida shialar masjidiga jangarilar hujum qildi, oqibatda 29 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”. 64 kishi yaralandi.
Mahalliy telekanallar ma’lumotlariga ko‘ra, masjidga yuzlab dindorlar shom namozi uchun to‘plangan vaqtda ikki terrorchi u yerga hujum qilgan. Dastlab jangarilar soqchilarni otib tashladi, so‘ng bino ichkarisiga kirib, namoz o‘qayotganlarni o‘qqa tutdi va bir nechta granatani uloqtirib, shundan keyin o‘zlarini portlatdi.
Afg‘onistonda faoliyat olib boruvchi guruhlardan hech biri hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganicha yo‘q.
Izoh (0)