26-iyul kuni yo‘lovchilar Haydorobod—Punu yo‘nalishi bo‘yicha Alliance Air samolyotiga chiqqach, bortga asalarilarning ulkan galasi hujum qildi, deb yozadi “Mk.ru” Hindustan Times gazetasiga tayanib.
Hasharotlar samolyotning old oynasini to‘liq qoplab oldi, natijada uchuvchilar hech narsani ko‘rmay qoldi. Reys parvozini kechiktirishga, samolyotga esa hasharotlarni qo‘rqitadigan maxsus aerozolni sepishga majbur bo‘lishdi.
Arilar samolyot saloniga uchib kirishga ulgurmadi, shu sababli yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan hech kim jabrlanmadi.
Izoh (0)