Venesuelada Konstitutsiyaviy assambleya chaqirilishiga qarshi norozilik namoyishida o‘ldirilganlar soni ortib bormoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
El Nacional nashriga ko‘ra, hozirgacha kamida 12 kishi zo‘ravonliklar qurboni bo‘ldi. Oldinroq gazeta sutka davomida 9 kishi halok bo‘lganini bildirgandi.
Rasmiylar harakatidan norozi bo‘lgan Venesuela fuqarolari, uzoq muddatli qamoq xavfiga qaramay, ko‘chalarda noroziliklarini ifodalashda davom etmoqda.
Hukumatga qarshi namoyishchilarning xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlari mamlakat poytaxti Karakas, shuningdek, Merida va Tachira shtatlarida yuz berdi.
Izoh (0)