AQSh zarur bo‘lsa, Shimoliy Koreyaga qarshi “tezkor, qaqshatqich va esankiratuvchi kuch” qo‘llashga tayyor, deb yozadi “Vedomosti.ru” AQSh Tinch okeani harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni general Terrens O’Shonessiga tayanib.
Bu haqda u Shimoliy Koreya qit’alararo ballistik raketa uchirganiga javoban Amerika bombardimonchilari Koreya yarim oroli osmoniga uchib chiqqanidan keyin 10 soat o‘tib ma’lum qildi.
General e’tirof etishicha, ustunlik hozircha diplomatiya tomonida, ammo u ittifoqdoshlar oldidagi mas’uliyat eng yomon ssenariyni rejalashtirayotgan paytda bunday javobni ko‘zda tutishga majbur qilishini ta’kidladi.
Izoh (0)