O‘zbekiston mobil operatorlari 1-avgust kuni profilaktika ishlari olib borilishini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
1-avgust kuni soat 8:30 dan 13:30 ga qadar mobil operatorlarning SMS hamda mobil internet xizmatlarida profilaktika ishlari bo‘lib o‘tadi. Ovozli aloqalar esa cheklovlarsiz ishlashni davom etadi.
Bu haqda Ucell, Beeline hamda Perfectum operatorlari o‘zlarining rasmiy saytlarida ma’lum qildi. Qolgan operatorlar ham yaqin vaqt ichida bu haqda xabar berishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1-avgust kuni O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)