Sergeli tumanidagi xonadonida fohishaxona saqlagan erkak aniqlandi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
2017-yilning 25-iyul kuni taxminan soat 23:00 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Kemal Yemirbayev Sergeli tumanidagi xonadonida fohishaxona saqlab, 50 ming so‘m pul evaziga fuqaro “R” va “M” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)