Fransiyaning Renn shahri markaziy vokzalida “Reno Tvingo” avtomobilining mast haydovchisi politsiyachilarni bosib ketishga urindi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Avvalroq mahalliy fuqaro “vokzal yaqinida shovqin-suron ko‘targan, mototsikl va stollarni ag‘dargan va yonida pichoq bo‘lishi mumkin bo‘lgan” bezori haqida ma’lum qilgan edi. So‘ng bezori avtomobilga o‘tirib, uni haydab ketgan.
Yetib kelgan politsiyachilar mashinani ko‘zdan kechirmoqchi bo‘lganida erkak avtomobilni politsiyachilardan biriga qarata haydadi. Tartib posboni shikastlanishlar olib, kasalxonaga tushdi. Ikki politsiyachi qoidabuzarni o‘qqa tutdi.
600 metrdan so‘ng haydovchi nazoratni yo‘qotdi, mashina esa ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi, yo‘lovchi esa hushyorxonaga olib ketildi.
Terakt versiyasi hozircha ko‘rib chiqilmayapti.
Izoh (0)