Xalqaro koalitsiya harbiy-havo kuchlari Suriyaning Abukamol shahridagi kasalxona va sport klubiga bergan zarbalar oqibatida tinch aholi vakillaridan olti kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Abukamol va unga qo‘shni al-Mayadin shaharlari IShIDning Dayr-az-Zavr viloyatidagi tayanch nuqtalari hisoblanadi.
29-iyul kuni al-Mayadin atrofida 10 kishi, jumladan, bir oilaning yetti nafar vakili aviazarba qurboni bo‘lgandi.
27-iyul kuni esa koalitsiya at-Tayba qishlog‘iga uyushtirgan hujum oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi yaralandi.
Izoh (0)