KXDR bilan muzokaralar vaqti o‘tdi, va BMT Xavfsizlik kengashi ketma-ket raketalar sinovi uchun Pxenyanga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishi kerak. Bunday pozitsiyani AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
U KXDRga nisbatan cheklovlarni sezilarli tarzda kuchaytiradigan rezolyutsiya qabul qilmasdan, Xavfsizlik kengashi uchrashuvini o‘tkazishni mantiqsiz deb atadi. “Agar shoshilinch sessiya hech qanday natijalarga olib kelmasa, uni o‘tkazishdan ma’no yo‘q”, — deyiladi diplomatning yozma bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kuchsiz hujjatni qabul qilish — “hech narsa qilmaslikdan ham yomonroqdir, chunki bu Shimoliy Koreya diktatoriga xalqaro hamjamiyat u bilan jiddiy kurashishga tayyor emasligi haqida signal yuboradi”.
Shu bilan birga, Xeyli Xitoyga Xavfsizlik kengashi tomonidan Pxenyanga qarshi javob choralari qabul qilinishi uchun alohida mas’uliyatni yukladi. “Xitoy ushbu muhim chorani qabul qilishga tayyorligi yuzasidan qaror qilishi kerak. Muzokaralar vaqti o‘tdi. Shimoliy Koreya rejimi xalqaro hamjamiyat uchun soladigan xavf endi barcha uchun yaqqol”, — deyiladi bayonotda.
Izoh (0)