O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov Rossiya Premyer-ligasida debyut qildi.
Chempionatning 3-turida u to‘p suradigan “Rostov” klubi Permda “Amkar” mehmoni bo‘lib, minimal hisobda ustun keldi. Uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan Shomurodov 88-daqiqaga kelib Vladimir Dyadyun o‘rniga maydonga tushirildi.
Bu “Rostov”ning mavsumdagi ilk g‘alabasi bo‘ldi. Leonid Kuchuk shogirdlari bunga qadar 1 ta durang o‘ynab, yana 1 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgandi. “Amkar” esa ortda qolgan uch turning barchasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
“Rostov” navbatdagi turni 4-avgust kuni boshqa bir o‘zbekistonlik futbolchi — Vadim Afonin to‘p suradigan “Anji”ga qarshi safarda o‘tkazadi.
Bugun — 30-iyul kuni o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surayotgan yana ikki klub ham RPL 3-turida maydonga tushadi. “Anji” Moskvada “Lokomotiv” mehmoni bo‘lsa, Vagiz Galiulinning “Tosno” jamoasi Piterning “Zenit” klubini qabul qiladi.
Rossiya Premyer-ligasi 3-tur bellashuvi 30-iyul, yakshanba
Izoh (0)