Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Xiva shahri va tumaniga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligining axborot xizmati ma’lum qildi.
Sessiya davomida O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 2 va 24-moddalariga muvofiq viloyat hokimi Po‘lat Bobojonovning tavsiyasiga binoan Xiva tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Erkin Yoqubov o‘z vazifasidan ozod etilib, Xiva shahri hokimi etib tasdiqlandi.
Shuningdek, viloyat hokimining tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi paxtachilik va texnik ekinlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelgan Ozod Matyoqubov Xiva tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Izoh (0)