Fransiyada siyosatchilarga turmush o‘rtoqlarini va farzandlarini yordamchi sifatida ishga yollash taqiqlandi. Sobiq bosh vazir Fransua Fiyon va uning rafiqasi ishtirokidagi janjaldan so‘ng ushbu chora qo‘llandi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Yangi qonun loyihasi vazirlar va parlamentariylarga nisbatan cheklovlar joriy etadi.
Ayni paytda Fransiya parlamenti a’zolarining har olti nafaridan biri o‘z oila a’zosini maosh to‘lanadigan yordamchi sifatida ishga olgan.
Fransiya matbuotida yaqin kunlarda Fiyon bilan bog‘liq maqolalar chop etildi. Ularda aytilishicha, siyosatchining rafiqasi Penelopa uzoq vaqt uning yordamchisi sifatida ishlab, parlament jamg‘armalaridan noqonuniy pul olib kelgan ekan. Bu faktlarning oshkor bo‘lishi katta siyosiy janjal keltirib chiqardi.
Izoh (0)