Lotin yozuviga asoslangan qozoq tili alifbosini ishlab chiqish bilan maxsus komissiya shug‘ullanmoqda. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Qozog‘iston ta’lim va fan vaziri Yerlan Sagadiyevga ko‘ra, yil oxiriga qadar lotin yozuviga asoslangan qozoq tili alifbosining bir necha varianti taqdim etiladi.
“Bu borada ehtiyotkorlik zarur. Joriy yil amalga oshirish kerak bo‘lgan yagona ish — barcha uchun maqbul alifboni qabul qilish. Bir necha variantlarni tayyorlash, muhokama etish va alifboni qabul qilish. Shundan so‘ng lotin yozuviga o‘tish bo‘yicha ish rejasini tuzish lozim. Bu bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan va u faoliyat olib bormoqda”, — dedi vazir.
Izoh (0)