• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Abituriyent Xalqaro jurnalistika fakulteti ijodiy imtihonlari ustidan virtual qabulxona va prokuraturaga shikoyat qildi. U birinchi shikoyatchi emas

    “Daryo” internet-nashrida 22-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalqaro jurnalistika fakultetining ijodiy imtihoni bahosidan norozilik bildirgan fuqaroga kuch ishlatilgani haqida xabar berilgan edi. Facebook foydalanuvchisi Marhabo Aliyeva universitet xodimi uning “qo‘llarini qayirib, har xil haqoratli so‘zlar bilan haqoratlagani”ni ma’lum qilgan edi.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ijodiy imtihon bahosidan norozilik bildirgan fuqaroga kuch ishlatishdi (video)

    Na universitet va na fakultet mazkur xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Ayni vaqtda, Xalqaro jurnalistika fakulteti ijodiy imtihonlari yuzasidan “Daryo” nashriga ikkinchi murojaat kelib tushdi. Abituriyent Regina Usmonovaning ijodiy imtihondagi qoidabuzarliklar va imtihon baholariga apellyatsiya berishdagi muammolar bayon qilingan arizasi nusxalari 21-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Virtual qabulxonasi va Toshkent shahar prokuraturasiga taqdim etilgan.

    Maqola nechta bo‘lishi kerak?

    Abituriyent Regina Usmonova ilk ziddiyatli vaziyatga hujjatlarini topshirish jarayonidayoq duch kelgan. Qabul komissiyasining fakultet bo‘yicha mas’uli jurnalistik maqolalar yo‘qligi bois, Reginaning arizasi va hujjatlarini qabul qila olmasligini bildirgan. Abituriyent bu haqda bilmagani, ariza va hujjatlarga jurnalistik materiallar ham ilova qilinishi lozimligi haqida na O‘zDJTU saytida, na universitetdagi axborot burchaklarida va na “Abituriyentga eslatma” kitobchasida yozilganini aytgach, mas’ul shaxs bu universitetning “yozilmagan qoidasi” ekanini ma’lum qilgan.

    Foto: “IJF.uz”

    Mas’ul shaxsning Regina Usmonovaga tushuntirishicha, maqola ikkinchi ijodiy imtihon — og‘zaki suhbat uchun zarurligi, suhbat o‘sha maqola asosida olib borilishini, qo‘shimchasiga, maqola ijodiy imtihonda baho qo‘yishda hisobga olinishini aytgan. Uzoq tortishuvdan so‘ng, qabul komissiyasining fakultet bo‘yicha mas’uli “keyingi o‘n kun ichida kamida bitta maqola olib kelish” sharti bilan abituriyentning hujjatlarini qabul qilgan.

    Regina Usmonova 3-iyul kuni ikkita intervyu-maqola olib kelgan. Qabul komissiyasi vakillari maqolalarni qabul qilib, bu suhbat uchun yetarli ekanini bildirgan. 19-iyul kuni Regina Usmonovadan og‘zaki imtihon olgan fakultet xodimi suhbat yaxshi o‘tganini, biroq maqolalari soni atigi ikkita bo‘lgani uchun uning bahosini pasaytirishi mumkinligini unga aytgan. Xodimning so‘zlariga ko‘ra, yaxshi baho uchun maqolalar soni kamida to‘rtta bo‘lishi lozim edi. Oqibatda Regina Usmonova og‘zaki imtihon uchun qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan 21 balldan atigi 4 ball olgan.

    Qayd etish joiz, Xalqaro jurnalistika fakultetining saytida 15-iyun sanasi bilan berilgan axborotda abituriyentlar, hujjatlari bilan bir qatorda, OAVda e’lon qilingan materiallarini ham qabul komissiyasiga topshirishi talab etilishi, “bu ijodiy ishlar natijalari abituriyentlarning o‘tish ballariga qo‘shib hisoblanishi” bildirilgan. Biroq bu talab qaysi hujjat, qaysi nizomga asoslangani ko‘rsatilmagan.

    Imtihon davomidagi qoidabuzarliklar

    Regina Usmonovaning O‘zbekiston Prezidenti virtual qabulxonasiga yo‘llangan arizasida qayd etilishicha, uning hujjatlari qabul qilib olingan vaqtda ijodiy imtihonlar 16, 17 va 18-iyul kunlari soat 8:00 da boshlanishi, imtihonoldi konsultatsiyalari esa 6 va 13-iyul kunlari — ya’ni, abituriyentlardan hujjatlar qabuli davom etayotgan vaqtda bo‘lishi ma’lum qilingan (bu esa qoidalarga ziddir).

    Abituriyent 3-iyul kuni maqolalarini topshirish uchun qabulga kelganida, unga konsultatsiyalar bo‘lmasligi aytilgan. “Shu vaqtda, tasodifan, stolda ijodiy imtihonlarning yangi jadvalini ko‘rib qoldim. Unda birinchi imtihon 18-iyulga, qolgani esa 19-iyulga belgilangani ko‘rsatilgan edi”, — deydi Regina Usmonova.

    Xalqaro jurnalistika fakulteti binosi.

    Xalqaro jurnalistika fakulteti binosi.
    Foto: Facebook / Xalqaro jurnalistika fakulteti

    17-iyul kuni kech soat 22:16 da uning telefoniga noma’lum raqamdan birinchi ijodiy imtihon 18-iyul kuni soat 8:00 da bo‘lishi haqida SMS xabar kelgan. “Agar men 3-iyul kuni tasodifan yangi jadvalni ko‘rib qolmaganimda, yarim tunda noma’lum raqamdan kelgan SMS xabar asosida ish tutishim kerak bo‘larmidi?”, — deb savol qo‘yadi abituriyent qiz.

    Regina Usmonovaning so‘zlariga ko‘ra, yozma imtihon vaqtida universitet ma’muriyati vakillaridan biri abituriyentlardan biriga penal uzatgan. Yana bir abituriyent esa imtihon qoidalariga zid ravishda tashqariga chiqib kelgan. “Bu harakatlarning bari kuzatuvchilar tomonidan e’tiborsiz qoldirildi”, — deydi abituriyent.

    Apellyatsiya jarayonidagi qiyinchiliklar

    Ijodiy imtihonlarning natijalari 20-iyul kuni e’lon qilingan. Regina Usmonova insho uchun 50 balldan 30 ball, og‘zaki suhbat uchun esa, yuqorida qayd etilganidek, 21 balldan 4 ball olgan. “Men shu kuniyoq menga inshoim nusxasini, imtihon bayonnomasi va xulosasi nusxalarini topshirish iltimosi bilan ikkita apellyatsiya arizasi yozdim. Bunga javoban og‘zaki imtihon bo‘yicha apellyatsiya berib bo‘lmasligini aytishdi, arizalarimni qabul qilishdan bosh tortishdi, men va onam bilan yuqori pardada gaplashib, menga ma’naviy bosim o‘tkazishga urinishdi”, — deydi Regina Usmonova.

    Abituriyentning so‘zlariga ko‘ra, apellyatsiyaga o‘ndan ziyod odam kelgan, jarayon 21:00 ga qadar davom etgan; Reginaning o‘zi esa tarkibida universitet rektori va prorektorlari, fakultet xodimlari bo‘lgan apellyatsiyasi komissiyasi oldiga 20:00 da kirgan. “Apellyatsiya natijalaridan qoniqqanim yo‘q, chunki komissiya mening ballarim nima uchun pasaytirilgani yuzasidan yetarlicha dalil keltira olmadi. Inshoda o‘ylab topilgan xatolarni ko‘rdim, shu sababli ham uning nusxasini menga topshirishmadi”, — deb yozadi abituriyent.

    “Men bino ichida bo‘lgan vaqtim, tashqarida kutib turgan otam mendan xabar olish maqsadida bino ichiga kirmoqchi bo‘lgan. Biroq kirish joyi oldida turgan universitet xodimlari 56 yoshli otamni turtib yuborib, unga baqirgan, o‘qtalgan, ‘istagan joyingizga shikoyat qiling!’, deb gapirgan”, — deya qo‘shimcha qilgan Regina Usmonova.

    Endi nima bo‘ladi?

    Ta’kidlanganidek, Xalqaro jurnalistika fakulteti ijodiy imtihonlari bilan bog‘liq birinchi bahsli vaziyat haqida xabar berilganidan so‘ng na universitet, na fakultet bunga rasmiy munosabat bildirdi. Abituriyent Regina Usmonovaning Prezident Virtual qabulxonasi va Toshkent shahar prokuraturasiga bergan arizasida undan hujjatlarni qabul qilib olgan, apellyatsiyaga berish jarayonida qarshilik ko‘rsatgan, apellyatsiyasi komissiyasi tarkibida o‘zini tanishtirgan barcha shaxslarning ism-shariflari ko‘rsatilgan. Shuningdek, arizaga qator daliliy ashyolar, xususan, apellyatsiyaga ariza berish va apellyatsiya komissiyasi bilan munozara vaqtidagi jarayonlar yozilgan audiofayllar ilova qilingan.

    Xalqaro jurnalistika fakulteti binosi.

    Xalqaro jurnalistika fakulteti binosi.
    Foto: Alisher Matyoqubov

    Kim bilsin, universitet va fakultet o‘rniga aynan Virtual qabulxona va prokuratura o‘z munosabatini bildirar, chigallikni bartaraf etib, vaziyatga oydinlik kiritar. Bunisini vaqt ko‘rsatadi. Ibratli holat sifatida O‘zbekiston milliy universitetidagi ijodiy imtihonlar o‘tkazilgan auditoriyalarga kuzatuv kameralari o‘rnatilgani, abituriyentlarning ota-onalari, yaqinlari imtihon auditoriyalaridagi barcha jarayonlarni bevosita kuzatib turish imkoniga ega bo‘lganini misol qilib keltirish mumkin.

    Mavzuga doir: O‘zMUda Jurnalistika fakultetining ijodiy imtihonlari adolatli o‘tishi uchun kuzatuv kameralari o‘rnatildi

    26.07.2017, 14:13   Izoh (0)   38874
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada sodir bo‘lgan YTH oqibatida besh nafar o‘zbekistonlik jarohat oldi

    26.07.2017, 14:04

    27-iyul kuni soat 01:30—04:00 oralig‘ida Uzcard faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkin

    26.07.2017, 13:55

    Yashnobod tumanida tanishining boshiga bolg‘a bilan urgan shaxs sudlanadigan bo‘ldi

    26.07.2017, 12:26

    Uzcard xavfsizlik tizimini kuchaytirdi

    26.07.2017, 12:13

    O‘zMUda Jurnalistika fakultetining ijodiy imtihonlari adolatli o‘tishi uchun kuzatuv kameralari o‘rnatildi

    26.07.2017, 11:48

    Akmal Saidov: davlat rahbari “Deputatga bepisandlik – xalqqa bepisandlik deb baholanishi shart”, degan talabni qat’iy qilib qo‘ydi

    26.07.2017, 11:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya sobiq prezidenti rafiqasi hibsga olindi

    Dunyo | 13 avgust, 08:30

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.