Buyuk Britaniyada 2040-yildan e’tiboran yangi benzinli va dizelli dvigatelga ega mashinalar sotilishi taqiqlanadi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Hukumat havo ifloslanishiga qarshi kurashish bo‘yicha 31-iyul kuni taqdim etadigan rejada mana shunday parametr ko‘zda tutilgan.
Umumiy miqdorda havoni yaxshilash dasturiga 3 milliard funt sterling sarflanishi rejalashtirilmoqda.
Rejada, neft mahsulotlarida ishlovchi yangi mashinalardan voz kechishdan tashqari, svetoforlar ishini o‘zgartirish ham ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)