Microsoft korporatsiyasi Windows foydalanuvchilarini Paint grafik dasturidan voz kechilmasligiga ishontirdi. Dasturning keyingi taqdiri haqida Microsoft blogi orqali hikoya qilib berildi, deb xabar qiladi Meduza.
Kompaniyaga ko‘ra, Paint shunchaki Windows Store dasturlar do‘koniga ko‘chiriladi; u yerdan grafik tahrir dasturini bepul ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi.
Shu ma’lumot asosida The Verge nashri dastur yangi Windows’larga avtomatik tarzda o‘rnatilmasligini taxmin qilmoqda.
Microsoft, shuningdek, Paint funksiyalarining bir qismi Paint 3D dasturiga ko‘chirilishini bildirdi. Ushbu dastur Windows 10 ga 2017-yil bahorida kiritildi.
Izoh (0)