“O‘zbekenergo” va Koreya elektr energetika korporatsiyasi (KEPCO) 22-iyul kuni anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
“Memorandum energetika sohasining deyarli barcha yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni, elektr energiyasini ishlab chiqarishdan boshlab to uni yakuniy iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi”, — deya ta’kidladi “O‘zbekenergo” tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar bo‘limi boshlig‘i Shoyunus Usmonov.
Eskirgan elektrostansiyalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. O‘zbekistonlik mutaxassislar yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishi va koreyalik hamkasblari bilan tajriba almashishi mumkin bo‘ladi.
“Biz mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborishni rejalashtirganmiz, ular energetika sohasidagi vaziyat, uskunalar bilan tanishib, tahlil ishlarni olib boradi. Bizning o‘zbekistonlik hamkasblarimiz ham tajriba almashish va KEPCO texnologiyalari hamda quvvatlari bilan tanishish maqsadida Koreyaga safar qiladi”, — dedi KEPCO prezidenti Cho Xvan Ik.
Izoh (0)