Daryo

Shavkat Mirziyoyev: Dron ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga e’tibor qaratish lozim

Mirziyoyevning fikricha, uchuvchisiz parvoz qiluvchi zamonaviy qurilmalar — dronlar qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega

1 daqiqa o‘qish35 214 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: O‘zA
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning fikricha, uchuvchisiz parvoz qiluvchi zamonaviy qurilmalar — dronlar qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Bu haqda Prezident Toshkent viloyati bo‘ylab safari davomida aytib o‘tgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyevga qishloq xo‘jaligida dron An-2 samolyotidan afzal ekani ko‘rsatib berildi

O‘zA xabariga ko‘ra, 22-iyul kuni O‘zbekiston Prezidentiga Toshkent viloyatidagi qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini dronlar vositasida monitoringdan o‘tkazish ishlari loyihasi namoyish etilgan. Xususan, agrodronlarning An-2 samolyotidan sezilarli samarali ekani qiyosiy tahlilda ko‘rsatib berilgan.
Bu kabi zamonaviy qurilmalar qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Agar sohaning ertangi kunini o‘ylasak, bunday zamonaviy tizimga tezroq o‘tishimiz kerak. Dronlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, bu borada qo‘shma korxona tuzish va kadrlar tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar