O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev “SSKA”dan Turkiyaning “Bashakshehir” klubiga transfer qilindi. Hujumkor yarim himoyachi istanbulliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi — 7,5 million yevro. Bu orqali Fayzullayev “Bashakshehir” tarkibidagi eng qimmat futbolchiga aylanib oldi.

Transfermarkt portali “Bashakshehir”ning umumiy qiymatini 63 million yevroga baholamoqda. Tarkibdagi eng qimmat futbolchi esa jamoaning yangi futbolchisi — Abbosbek Fayzullayev. Portal o‘zbekistonlik vingerning qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.
Qiziqarli tomoni shundaki, ikkinchi pog‘onadan O‘zbekiston terma jamoasining boshqa bir futbolchisi Eldor Shomurodov joy olgan. Hujumchining qiymati 5 million yevroga teng. Kuchli uchlikka ganalik markaziy himoyachi Jerom Opoku yakun yasagan. Uning ham qiymati 5 million yevroga baholanmoqda.
“Bashakshehir”ning eng qimmat 10 nafar futbolchisi:
- Abbosbek Fayzullayev — 8 million yevro
- Eldor Shomurodov — 5 million yevro
- Jerom Okopu — 5 million yevro
- Festi Ebosele — 4,6 million yevro
- Berat O‘zdemir — 4,2 million yevro
- Kristofer Operi — 3,8 million yevro
- Yusuf Sari — 3,8 million yevro
- Devi Zelki — 3,5 million yevro
- Migel Krespo — 3,2 million yevro
- Leo Duarte — 3 million yevro
Ma’lumot uchun, “Bashakshehir” o‘tgan mavsum Turkiya Superligasida 54 ochko bilan 5-o‘rinni egallagan. Klub yangi mavsum Yevropa Konferensiyalar Ligasi 2-saralash bosqichida ishtirok etmoqda.
Izoh (0)