Dubay yo‘l va transport boshqarmasi Xitoyning dronlar ishlab chiqaruvchi EHANG kompaniyasi bilan hamkorlikda Dubay fuqarolik aviatsiya boshqarmasi poligonida uchar taksini sinovdan o‘tkazdi, deb yozadi UAE Inside.
EHANG kompaniyasi YouTube’ga joylagan videoda avtonom havo transporti vositasini Burj-Xalifaning yonginasida, shuningdek, Skydive Dubai cho‘l kampusida ko‘rish mumkin.
Dronning uzunligi 3,9 m, kengligi 4,02 m, balandligi 1,60 m bo‘lib, uning og‘irligi yo‘lovchilar bilan birga 360 kilogrammni tashkil etadi va u 3000 metrgacha balandlikda parvoz qila oladi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, yo‘lovchilar o‘z parvozlari jarayonini sensorli ekranda kuzatib borishi mumkin bo‘ladi.
Xavfsizlik tizimi parvoz chog‘ida birorta nosozlik yuz bergan taqdirda, samolyotning eng yaqin joyga qo‘nishiga imkon yaratadi.
Izoh (0)