Puerto-Rikolik xonandalar Luis Fonsi va Deddi Yanki tomonidan kanadalik Jastin Biber bilan jo‘rlikda kuylangan Despacito qo‘shig‘i internetda eng ko‘p eshitilgan kompozitsiya deb topildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Universal Music Group musiqiy korporatsiyasi axborotiga ko‘ra, internet foydalanuvchilari qo‘shiqni 4,6 milliard marta eshitgan. Hozircha hech bir qo‘shiq bu natijani ko‘rsata olmagan edi.
Shu paytga qadar rekord Biber tomonidan 2015-yili kuylangan Sorry qo‘shig‘iga tegishli edi. Bu qo‘shiqda mazkur ko‘rsatkich 4,4 milliard martaga teng.
Izoh (0)