• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Feruza Sobitova: Men yoshlikdagi mashhurlikning “maza”sini totimaganman

    “Darakchi.uz” nashri aktrisa Feruza Sobitova bilan bo‘lgan suhbatni taqdim etdi.

    Foto: “Darakchi.uz”

    Foto: “Darakchi.uz”

    — Bo‘sh vaqtingizni topish juda qiyin. Ketma-ket suratga tushayapsiz, shekilli?

    — Ha, ish qizigandan qiziyapti. Ayni kunlarda detektiv janrida suratga olinayotgan “Oila sha’ni” nomli ko‘p qismli serialda suratga tushayapman. Serial bo‘lgan voqea asosida tasvirga olinayapti. Ijro etayotgan bosh qahramonim bilan bog‘liq psixologik sahnalar juda ko‘p. Aytmoqchimanki, ilk bor bunday xarakaterli obazga qo‘l urdim. Rejissor Akmal Ibragimov bilan har bir kadr ustida izlanib, hamkorlik qilayapmiz.

    — Bunday tig‘iz ish tartibi bilan san’atga qo‘ygan ilk qadamlaringizni eslamasangiz ham kerak...

    — Bilasizmi, bugungi kunimni orzu qilardim. Har bir duo va niyatlarimda qobiliyatimni ko‘rsatish uchun yaxshi rollar uchrasin, men ham mashhur bo‘lay, derdim. Xalqqa tanilganimda, sevimli aktrisa sifatida mendan ham jurnalistlar intervyu so‘rab, holu jonimga qo‘yishmasin, deganman, hatto (kuladi). Lekin hech qachon va hech kimga g‘ururimdan kechib, menga rol beringlar, e’tibor qaratinglar, deb iltimos qilmaganman. Qalbimning tub tubida hali davrim keladi, degan sezgi bo‘lgan-da. Ming shukr, shu kunlarga yetkazdi. Shuning uchun o‘tgan kunimning ham, bugunimning ham qadriga yetadigan insonman.

    — Klip orqali tanilgan aktrisa, degan ta’rifni tan olasizmi?

    — Shohrux reperning “Bolalik” klipi orqali mashhur bo‘lganman. Ammo bu klipgacha uchta katta film: “Sohibqiron Amir Temur”, “Suratdagi sir”, “Qaydasan muhabbat?” kartinalarida qatnashgandim. O‘sha rollarim ham e’tiborsiz qolmagan. Lekin, nimagadir omad menga klip tufayli kulib boqqan.

    — Salbiy qahramonlaringiz ham e’tiborga tushgan.

    — Ko‘pgina hamkasblarim salbiy obrazlarni gavdalantirishdan biroz cho‘chib turgan bir paytda, men klipda zolim ona roli bo‘lib chiqqanman. Shunday keyin ketma-ket faqat ana shunday rollarga taklif etishdi. Bitta ampluaga tushib qolmaslik uchun orada biroz tanaffus qildim. Nafaqat salbiy, balki ijobiy qahramonlarni ham ijro eta olishimni isbotlagim kelgandi-da. Zamira Begimqulova va Zebo Navro‘zovalarning sharofati bilan yaxshi insonlarni ham ijro eta olishimni ko‘rsatib berdim. Bu rejissorlar meni ayol sifatida to‘g‘ri tushunib, yuragimdagi dardni ko‘ra olishdi.

    — Atrofdagilarning munosabati-chi, sizni cho‘chitmaydimi?

    — San’atni chin ma’noda tushungan, aktyorlik kasbim shunday ekanini bilganlar ishimni a’lo darajada baholashadi. Lekin biroz soddaroq tamoshabinlar “Nega hadeb bunday rollarni ijro etaverasiz?” deb tanqid qilishadi. Men esa har qanday fikrni hurmat bilan qabul qilaman.

    — Ayniqsa, “Opa-singillar” serialidagi ishtirokingiz ijodingiz hamda hayotingizda katta burilish yasadi, shundaymi?

    — Haqsiz! Aynan mana shu rol xokisor, jabrdiyda, mushtipar ayol bo‘la olishimni ko‘rsatib beradi. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tishim kerakki, ilk ijobiy rolimdan keyin hayotimda ham ijobiy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. To‘qqiz yil befarzandlik alamini chekdim. Uzoq vaqt homilador bo‘lolmaganman. Esimda, “Opa-singillar”ning tug‘uruqxonada tasvirga olinadigan sahnasida Zamira opa “Feruza, bu yer chillaxona, yaxshi niyatlar qilavering. Xudo yetkazadi” deb ko‘p aytardi. Ana o‘sha yerda qo‘limga chaqaloqlarni olib, menga ham bir kuni o‘z bolamni bag‘rimga bosish nasib etsin, deb niyat qilardim. Ming bor shukr, Alloh nolalarimni eshitib, menga o‘g‘il ato etdi.

    — Mashhurlik kech berilganda qadri bo‘ladimi yoki yoshlikdagi shon-shuhratning gashti o‘zgachami? Nima deb o‘ylaysiz?

    — Men yoshlikdagi mashhurlikning “maza”sini totimaganman. Ammo shuni aniq bilamanki, uzoq kutilgan mehnat samarasini his etishning hayajoni boshqacha ekan. Chunki yillar davomida kasbdagi muvaffaqiyatsizliklar, olgan zarbalarimning dardi og‘riq berib kelardi. Omad kulib boqqach mashhurlikni his etish esa kishiga, ayniqsa ijodkorga rohat bag‘ishlaydi.

    — Yaratayotgan obrazlaringiz ustida qanday ishlaysiz?

    — Avvalambor har bir rolga mas’uliyat bilan yondashishga odatlanganman. Berilgan ssenariyning har bir so‘zini o‘qib yodlab chiqaman. Keyin kecha-kunduz o‘sha rol bilan yashayman. O‘zbekchada biroz qiynalib gapirganim sahnada bilinmasligi uchun oila a’zolarim bilan monologlarimni mashq qilaman. Qahramonimga xarakter berishda esa hayotiy tajribamdan kelib chiqaman.

    — O‘g‘lingiz ham siz suratga tushgan filmlarni tamosha qilib turadimi? Fikrlari bilan o‘rtoqlashsa kerak?

    — Imronxon bilan so‘nggi marta “Oyqiz ertagi” filmini birga tomosha qildik. Bu kartinani ko‘rgan o‘g‘lim menga ikkita nom qo‘yib oldi. “Yaxshi” va “yomon” ona. Avval yaxshi ona bo‘lib ko‘rinib, keyin asl qiyofam namoyon bo‘lganida “Oyi, yomon ona ketib, yaxshisi kelsin” degandi.

    — Intervyularingizda oilangiz haqida kam gapirasiz?

    — Omma oldida turmush o‘rtog‘im haqida gapirmasligimning o‘ziga yarasha sababi bor. U kishi menga o‘ziga xos shart qo‘ygan. Ya’ni “Intervyularda men haqimda gapirmaysan” degan. Odamlarning e’tibor markazidagi shaxsga aylanitirib qo‘yishimni istamaydi. Bolamning tarbiyasida esa onam bilan ko‘p maslahatlashaman. Oilada besh farzandning to‘ng‘ichi o‘zimman. Ikki yil avval ayrim sabablarga ko‘ra singlim olamdan ko‘z yumdi (sababini aytishni istamadi). Uchala ukam ham san’atdan yiroq odamlar.

    — Farzandingiz bilan vaqtingizni qanday o‘tkazasiz?

    — U mening to‘qqiz yil zorlanib, har kecha yig‘lab Allohdan tilab olgan baxtim. Hozir to‘rt yoshga to‘ldi. Bo‘sh vaqt topdim deguncha birgalikda u yoqtirgan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga harakat qilamiz. Ishdaligimda enagasi qaraydi. Onam bilan gaplashganimda doim “Buxoroga yubor. Ishda bo‘lganingda o‘zim qarayman” deydi. Ochig‘i, o‘g‘limdan uzoqlashsam o‘zimni behuzur sezaman, shuning uchun ham bunga unamayapman. Ammo ayni kunlarda meni yana bir masala qiynayapti. Ish bilan bo‘lib unga vaqt ajrata olmayapman. Yangi bog‘chaga o‘tayotgandi. Borib bog‘cha mudiri bilan gaplashib kelishga, hatto, vaqt ajratolmayapman. Buning uchun undan uzr so‘rayman.

    05.07.2017, 14:46   Izoh (0)   28823
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amerikalik rejissor Kventin Tarantino uylanishga qaror qildi

    05.07.2017, 08:40

    Aktrisa Sitora Alimjonova 8-avgust kuni turmushga chiqadi. To‘y Tailandning Pxuket orolida bo‘lib o‘tadi

    03.07.2017, 14:45

    Mavluda Asalxo‘jayeva: Erkak kishiga ayollarning libosini kiyib, pardoz qilib yurish to‘g‘ri keladimi?

    03.07.2017, 11:36

    “Golos” ishtirokchisi yo‘lovchilarni tinchlantirish uchun samolyot bortida qo‘shiq kuyladi

    03.07.2017, 09:44

    “Yoshlar” telekanali rahbariga aylangan Ozodbek Nazarbekov bir kunda ham Namanganda, ham Andijonda sahnaga chiqdi

    01.07.2017, 22:41

    Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” telekanaliga rahbar etib tayinlanadi

    30.06.2017, 17:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31

    “Skibidi”, “delulu”: Kembrij lug‘atiga TikTok’da mashhur bo‘lgan o‘smirlar so‘zlari qo‘shildi

    19 avgust, 10:36

    Zelenskiy va Tramp uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

    19 avgust, 09:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga Rossiya, Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 80 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 09:28

    Milliarder “Titanik” cho‘kkan joyga tushish uchun 10 mln dollar to‘lamoqchi

    Dunyo | 20 avgust, 09:06

    Hayratda qolasiz: dunyodagi eng chiroyli va betakror kutubxonalar

    Madaniyat | 20 avgust, 09:05

    “Manchester Siti” futbolchisi faoliyatini “Bayer”da davom ettiradi

    Sport | 20 avgust, 08:55

    Putin Zelenskiyga Moskvada uchrashishni taklif qildi — AFP

    Dunyo | 20 avgust, 08:37

    Finlyandiyada deputat parlament binosida o‘z joniga qasd qildi

    Dunyo | 20 avgust, 00:29

    AQSH Ukrainada qo‘shin joylashtirmaydi — Oq uy

    Dunyo | 20 avgust, 00:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.