Amerika hukumati Eron BMT Xavfsizlik kengashining doimiy beshligi va Germaniya bilan tuzgan Keng qamrovli qo‘shma harakatlar rejasi ruhini buzmoqda, deb hisoblaydi. Shu munosabat bilan Vashington Erondagi yadro ishlanmalari muammolarini tartibga solishga qaratilgan ushbu kelishuvning shartlari yanada qat’iyroq bajarilishiga erishmoqchi, deb yozadi “TASS” Oq uy o‘tkazgan brifingga tayanib.
Brifingda AQSh ma’muriyatining uch nafar oliy mansabli vakili Tehron kelishuv nizomiga rioya qilayotgani yuzasidan bahslashmadi va AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning bunday xulosani hokimiyatning qonun chiqaruvchi tarmog‘iga yetkazish niyatini tasdiqladi. Buni Keng qamrovli qo‘shma harakatlar rejasi ishlab chiqilganidan so‘ng qabul qilingan AQSh milliy qonunchiligi talab etadi.
Brifing 17-iyul, dushanba kuni Kongress ma’muriyatini Eron, Vashington xulosalariga ko‘ra, Keng qamrovli qo‘shma harakatlar rejasini bajarayotgan-bajarmayotgani haqida xabardor qilishning so‘nggi muddati bo‘lgani uchun o‘tkazildi.
Izoh (0)