Kreml Vladimir Putinning 2018-yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasi yo‘nalishlarini shakllantirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini ishlab chiqish “qizg‘in va murakkab” kechmoqda. Bu haqda “Vedomosti” nashrining Kremlga yaqin manbasiga tayanib, TJournal xabar bermoqda.
Hozirda “bo‘lajak prezident qiyofasi” mavzusi yuzasidan ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilmoqda. Kreml ma’muriyatining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko kampaniya uchun umumiy javobgar shaxs ekanligi bildirilmoqda.
Kampaniyani tayyorlash bilan esa Sberbank prezidenti German Gref, Moskva davlat universiteti iqtisodiy fakulteti dekani Aleksandr Auzan va Aleksey Kudrinning Strategik ishlanmalar markazi shug‘ullanmoqda.
Barcha ijtimoiy qatlamlarni qamrab oladigan islohotlar dasturini “adolat, hurmat va ishonch” shiori bilan birlashtirish rejalashtirilmoqda. Kampaniya shu yil sentabr—dekabr oylarida tayyor bo‘lishi mo‘ljallangan.
Izoh (0)