AQSh tomoni Rossiya diplomatik mulkini tegishli shartlarsiz qaytarish niyatida emas. Bu haqda Oq uydagi yuqori martabali manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Manba shu tariqa AQSh yangi ma’muriyatining mazkur masalaga munosabatiga oydinlik kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh prezidenti yordamchisining o‘rinbosari Sebastyan Gorka diplomatik mulk qaytarilishini Rossiyaning Suriyadagi harakatlariga bog‘lagan edi.
Izoh (0)