Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Vinni-Pux tilga olingan postlar blok qilina boshlandi, deya xabar bermoqda Meduza.
A bear, however hard he tries, Falls foul of Chinese censors' eyes https://t.co/ToOCHHZT7I pic.twitter.com/8H9ITqIc1M
— Financial Times (@FT) July 16, 2017
The Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Vinni-Pux tilga olingan qaydlar “Xitoy tvitteri” deb ataladigan Sina Weibo servisidan, shuningdek, WeChat messenjeridagi yozishmalardan yo‘qolib qolishni boshlagan.
Xitoy hukumati ushbu taqiqning joriy etilishi sabablari haqida rasmiy axborot bermagan.
Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida mamlakat rahbari Si Szinpinni Vinni-Puxga qiyoslash bilan bog‘liq ommaviy odat mazkur taqiqqa sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Xitoyda Vinni-Pux tilga olingan postlarni blok qilish holati bundan avval ham kuzatilgan. Xususan, 2016-yili ham shunday blok qilish holatlari haqida xabarlar berilgan edi.
“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining 2017-yilgi matbuot erkinligi indeksida Xitoy 176-o‘rinni egallagan edi.
Izoh (0)