AQShning Indiana shtatida istiqomat qiluvchi 25 yoshli Sara Kammins kutilmaganda 15-iyul kuniga belgilangan to‘yini bekor qildi, deb yozadi Forum Daily. Tantanani nima sababdan bekor qilganini oshkor etmagan qiz, oldindan to‘lab qo‘yilgan zal va banketdan boshpanasiz kishilar uchun hashamatli ziyofat uyushtirish uchun foydalanishga qaror qildi.
Tayyorgarliklar qizga 30 ming dollarga tushgan, ammo bu pulni qaytarish iloji yo‘q edi, shu tufayli u 170 kishiga mo‘ljallangan taomlarni shunchaki tashlab yuborish kerak emas, degan qarorga keldi.
Qiz restoranni tadbir turi o‘zgargani haqida ogohlantirib, undan stollarni boshqacharoq joylashtirib, kelin-kuyov hamda tort va sovg‘alar uchun mo‘ljallangan stollarni olib tashlashni so‘radi.
Ayol to‘yining bekor qilinishi bilan bog‘liq qayg‘uli voqeani ijobiy narsaga aylantira olganidan xursand, axir tantanaga pul to‘lash uchun u bir necha yil davomida pul jamg‘argan va ish vaqtidan tashqari ham ishlagan.
Izoh (0)