Iordaniya harbiy sudi o‘tgan noyabrida harbiy-havo kuchlari bazasida uch nafar amerikalik harbiyni otib tashlagan askarni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Sudlanuvchining o‘zi aybini tan olmadi. Uning so‘zlariga qaraganda, u bazaga hujum uyushtirildi deb o‘ylab otishni boshlagan.
Marhum amerikalik harbiylarning ayrim qarindoshlari sud qaroridan norozi bo‘lib, ayblanuvchiga o‘lim jazosini belgilashni so‘ramoqda.
Voqea 2014-yil 4-noyabr kuni Iordaniyaning qirol Feysal nomidagi harbiy-havo kuchlari bazasida ro‘y bergan edi. Dastavval Iordaniya tomoni amerikalik instruktorlar qoidalarga rioya etishdan bosh tortgani uchun otishma boshlanganini iddao qilib keldi. Keyinchalik bu versiya rad etildi.
Izoh (0)