Oq uy Moskvaga AQSh hududidagi Rossiya diplomatik mulkini qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti yordamchisining o‘rinbosari Sebastyan Gorka ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”
Gorka bunday tashabbus sababi sifatida Vashingtonning ikki mamlakat o‘zaro munosabatlari va hamkorligiga imkon berish istagini bildirdi.
“Suriyada 400 mingdan ortiq odam o‘ldirilganini unutmang. Bu dahshat. Biroq biz Kremldan sulh kabi masalalarda ezgu urinishlarga guvoh bo‘lsak, Davlat kotibi Reks Tillerson ikki davlat o‘rtasida aloqalarni yaxshilashga xizmat qiladigan holatlarni ko‘rishni istashiga umid bor”, — ta’kidladi AQSh prezidenti yordamchisining o‘rinbosari.
Izoh (0)